avatar
Куч
9318.35
Рейтинг
+3445.74

Шомурзоев Фарид Умурзакович

Мақолалар

Иқтидорли талаба-ёшлар тарбиясида долзарб масалаларнинг ўрни. (ГулДУ)

OTM

     Бугунги мураккаб мафкуравий жараёнларни илмий-амалий жиҳатдан атрофлича таҳлил қилиш ва баҳолаш, уларнинг устувор йўналишларини, кимга ва нимага қаратилганлигини аниқлаш, аҳолининг турли қатламларига таъсирини ўрганиш, миллий манфаатларимизга, ҳаёт тарзимизга зид бўлган зарарли ғоялар ва мафкуравий ҳуружларнинг моҳиятини очиб бериш, фуқароларимиз қалбида миллий тафаккур ва соғлом дунёқараш асосларини мустаҳкамлаш алоҳида аҳамият касб этади.

    Фақат ана шундай асосда иқтидорли-ёшларни ўз фикрига эга, турли маънавий ғуружларга қарши собит тура олишга қодир бўлган иродали, фидоий ва ватанпарвар инсонлар этиб тарбиялашга эришиш мумкин.


Ёшлар саломатлиги мамлакат келажаги (ГулДУ)

OTM

    Призидентимиз И.А.Каримов ёшлар бизнинг келажагимиз деб бежизга таъкидламаган. Ёшлари соғлом, бақувват, ақлли, билимли ва юксак маънавиятли мамлакатнинг келажаги аллбатта қудратли бўлади.

    Юрт равнақида ёшларнинг ўрни беқиёсдир. Бунинг учун ёшларни тўғри тарбиялаш, уларни саломатлигини таъминлаш муҳим аҳамият касб этади. Республикамизда ёшларнинг саломатлигини таъминлаш ва уларда соғлом турмуш тарзини шакллантириш учун бир қатор ишлар амалга оширилмоқда. Бугунги кунда ушбу масалага давлат даражасида эътибор қаратилиб, Президент фармонлари ва қарорларида ўз аксини топмоқда. Кенг жамоатчилик орасида давра суҳбатлари, учрашувлар ўтказилиб, оммавий ахборот воситаларида мақолалар, эшиттиришлар, кўрсатувлар бериб борилмоқда. Бугунги кунда ёшлар саломатлигини таъминлаш учун уларда соғлом турмуш тарзини шакллантириш зарур.


Мардлар Ватани!

ОЎМТВ ҳузуридаги "Маънавият ва маърифат" маркази
Илм-фан
    Жорий йилнинг 15 январь куни 14-00 да марказнинг тадбирлар залида Ўзбекистон Республикаси Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги хузуридаги “Маънавият ва маърифат” маркази ҳамда Тошкент давлат техника университети ва ҳарбий кафедраси  ҳамкорлигида Ўзбекистон қуролли кучларини ташкил топган куни умумҳалқ байрамига  бағишланган “Мардлар қўриқлайди Ватанни!” номли маъданий-маърифий тадбир бўлиб ўтди.
    Ватан ҳимоячилари кунини байрам қилиш бугунги ҳаётимиздаги энг шарафли воқеалардан бирига айланиб қолди. Бу байрамнинг мавқеи, маъно-моҳияти улуғ бўлиб, айни чоғда бутун халқимизга, ота-оналарга, опа-сингилларга, ўсиб келаётган навқирон авлодларимиз-фарзандларимизга ҳам бирдай тааллуқлидир. Демакки, 14-январь “Ватан ҳимоячилари куни” чин маънода умумхалқ байрами. Шу боисдан ҳам Ватан ҳимоячиларини шарафлаш мақсадида мамлакатимиз санъат усталари ва таниқли ёш ижрочилар билан бир қаторда олий ва ўрта махсус таълим муассасаларида тахсил олаётган талаба-ўқувчи ёшлар ҳам мазкур санага бағишлаб ташкил этилаётган  маъданий-маърифий тадбирларда халқ билан армия бир тану, бир жон эканлигини акс эттирган чиқишлари орқали ушбу қутлуғ байрамга муносабатларини билдирмоқдалар.

O’zimizga nazar

Блог им. kingofnet

    Har bir inson o’zini badanini ozoda tutishga e’tibor berushi zarur bularni barchasi shahsiy gigiyenasi deyiladi. Tozzalik teri gigiyenasining eng muhim shartidir. Terini ifloslanishdan saqlash uchun muntazam ravishda haftada bir-ikki marta cho’milish kerak.     Sovunlar ishqoriy va moyli bo’ladi. Yog’li sovunlar bolalar sovuni ,,Yaichnoye’’ sovunlari aksaryat teriga yaxshi tasir qiladi. Ayniqsa terisi quruq kishilar shunday sovunda yuvinishlari foydali.     Yuz gigiyenasi. Sog’lom teri bug’doy rang yoki pushti rangli bo’lib tabiy tusda bo’ladi. U nozik, ajinsiz va mayin  bo’ladi.      Har biro odam o’z yuz terisini ozoda, sog’lom, nozik, tiniq va ajinsiz bo’lishiga harakat qilishi kerak. Yuz terisi chiroyiga nuqsonlarni berkitib turuvchi va sun’iy husin beruvchi turli hil pardos vositalaridan foyadalanish bilan emas, balki yuz terisini muntazam ravishda giginik parvarish qilish, shuningdek, ichki azolarni va tashqi muhitning ta’siridan asrash orqali erishish mumkin.


Homiladorlik va ayol salomatligi

Блог им. kingofnet
    Hayot davomiylikni talab qiladi. tug’ilish, ko’payish… bu davomiylikda inson eng katta o’rinni egallar ekan, buning uchun tug’ulish muhim omil hisoblanadi. Farzandli bo’lish insonga berilgan eng katta niyat, xohish va ne’matdir. Murg’ak go’dakning  vaqti kelib  farzand kutishi  hayot charxpalagi. Inson nasl qoldirishi lozim ekan, bunda salomatlik benihoyat muhimdir.  Sog’lom farzand sog’lom kelajak asosi hisoblanadi. Sog’lom kelajak esa millatning, xalqning qudrati va buyukligidir.
    Sog’lom farzand kutayotgan ota-ona avvalo o’z salomatligiga amin bo’lishi, zarur holatlarda taminlashi kerak. Bola salomatligi nechog’lik e’tiborga molik  ekanligining unutmasligimiz lozim. Bo’lajak ona kechiryotgan sog’lom turmush tarzi to’laligicha bolaga ta’sir etadi. Shu sababli homilador ayol turmush tarzini nafaqat o’z, balki atrofdagilari ham nazorat qilib borishlari shart.
    Homilador ayol salomatligida sog’lom turmush tarzini birlamchi talab darajasida qo’yar ekanmiz, avvalo  homilador ayol uchun sog’lom turmush tarzi qanday bo’ladi, degan savolga javob berishimiz lozim.

Gepatit (sariq kasalligi)

Блог им. kingofnet
    Gepatit   ko’pincha jigarni shikastlovchi virus orqali yuzaga keladi. Kasallik kichik bolalarda yengil, kattalar va homilador ayollarda esa og’ir kechadi. Kasal ko’pincha 2 hafta og’ir bo’lib, keying 1-3 oy quvvatsiz bo’ladi. (ko’zidan sariqlik yo’qolganidan so’ng esa ham 3 hafta o’tgunga qadar bemordan virus osongina yuqadi). Ba’zan infeksiya (B, S-surunkali gepatit) ketmaydi. Sariqning ushbu turlari juda kam uchraydi va onadan bilaga o’tishi mumkin. Kasallik belgilari bola katta bo’lgandan so’ng namoyon bo’ladi.
Belgilari:
•    Odam yeyishni ham, chekishni ham hohlamaydi. Ba’zan bir necha kunlab hech narsa yemay yuradi.
•    O’ng tarafda kattalashgan jigar yonida og’ir bo’lishi mumkin.
•    Isitmasi bo’lishi mumkin.
•    Ovqatning ko’rinishi yoki hidi ko’nglini aynitish mumkin.
•    Siydigi koka-kola rangiga o’hshab, ahlati oqish bo’lib qoladi.

Burundan oqayotgan qonni qanday to’xtatish mumkin?

Блог им. kingofnet
1. Tinch o‘tiring.
2. Burundagi qon va shilimshiqni chiqarib tashlash uchun sekin-asta burningizni qoqing.
3. Burunni o‘n minut yoki qon to‘xtaguncha qattiq qisib turing
       Agar bu qonni to‘xtatmasa…
     Iloji bo‘lsa, paxtani vazelinga botirib oling (uning o‘rniga eritilgan qo‘y yog‘I ishlatilsa ham bo‘laveradi) va paxtaning uchini burundan bir oz chiqib turadigan qilib kirgizib qo‘ying.
     So‘ng burinni yana qattiq qising. Lekin 10 minutdan ortiq qisib turmang.  Boshini orqaga qayrmang.  
     Paxtani qon to‘xtagandan so‘ng ham bir necha soatga qoldiring, so‘ng uni asta-sekin olib tashlang.

Bo’y o’stiruvchi mashqlar

Блог им. kingofnet
    Ushbu mashqlar murakkabroq, ammo baland bo‘y va chiroyli qomatga ega bo‘lishni istaganlarni  bu  mashqlarni sidqi dildan bajarishlari kerak.
    • Polga o‘tiramiz, oyoqlarni ikki tomonga cho‘zamiz. O’ng oyoqni poldan ko‘tarmagan holda tizzadan bukamiz, tovonni tanagacha yetkazamiz. Chap oyoqni ham bukamiz va uni shunday qo‘yamizki, oyoq kaftining tashqi tomoni o‘ng oyoqning tizzasiga tegsin. Tanani chapga buramiz – o‘ng qo‘l bilan chap oyoq kaftini ushlaymiz, keyin chap qo‘lni orqa tomonga o‘tkazamiz va o‘ng boldirga tegishga harakat qilamiz. Boshni shunday buramizki, iyak chap yelka ustiga kelsin. Bularning barchasini sekin, chuqur nafas olgan holda bajaramiz. Ushbu pozani, nafasni ushlab turgan holda, bir necha soniya ushlab turamiz. Nafasni chiqarayotganda boshlang‘ich holatga sekin, keskin harakatlar qilmasdan qaytamiz. Bo‘shashamiz, bir necha soniya dam olgandan keyin, mashqni boshqa oyoq bilan ikki martadan takrorlaymiz.

Фикрга қарши фикр, ғояга қарши ғоя, жаҳолатга қарши маърифат билан курашиш давр талаби (НавДПИ)

OTM
    Глобаллашган жамиятда ғояларнинг таъсири ва аҳамияти беқиёс ўринга кўтарилди. Бу фикрнинг амалий аксини Президентимиз Ислом Каримов 1998 йили «Тафаккур» журнали бош муҳаррири берган саволларига жавобда, тарихчи олимлар билан бўлган учрашувда бу масалага диққат билан эътибор бериб, «ғояга қарши ғоя, фикрга қарши фақат фикр, жаҳолатга қарши фақат маърифат билан баҳсга киришиш, олишиш мумкин» деган шиор ўртага ташланди. Бу масала ғоя ва мафкура тушунчасида ҳам муҳим ўринда туради.

O`zbekiston shaharsozligida me`moriy ansambl va komplekslar tuzish sanoati (NavDPI)

OTM
    Me`morchilik va qurilish sohasida bunyodkorlik ishlarining avj olayotganligini har daqiqa his qilib turibmiz. Ulkan, muhtasham binolar, obidalar, korxonalar, sport inshootlari barpo etilmoqda. Asakadagi “Uz-DAEWOO” avtomobil zavodi, Oqsaroy va Toshkent xokimiyatining go’zal binolari, Amir Temur muzeyi, “Turkiston” saroyi, keng maydonni ishg’ol etgan metro stansiyalari, ko’rkam ko’priklar, Shahidlar xotirasi maydoni, Navoiy shahridagi Yoshlar saroyi, Amfiteatr  nafaqat yurtimiz fuqarolarini, balki chet elliklarni ham hayratga soladi.
    O’zbekiston me`morchiligi yodgorliklarining shuxrati butun jaxonga yoyilgan, ularga bag’ishlab ko’plab kitoblar, albomlar, risolalar chop etilgan. Bu shuxrat go’lchambarida dastavval, Samarqand, Buxoro, Xiva Shaharlaridagi tarixiy obidalar alohida nur sochib turadi.

O'quvchilar kun tartibida jismoniy tarbiyaning shakllari (NavDPI)

OTM
    Jismoniy tarbiya – bu   o’quv -  tarbiya jarayoni  tizimining tarkibiy  qismidir. KXTK dagi jismoniy tarbiya  kasbiy – amaliy  yo’nalishga ega bo’lishi – tanlangan   kasbning muvaffaqiyatli  o'zlashtirish  uchun  zarur  bo’lgan  jismoniy, irodaviy  va boshqa  sifatlarni rivojlantirishi  kеrak.
Kasbiy amaliy jismoniy tayyorgarlik maxsus mashqlarning  jismoniy   tarbiyaning  o'zaro bog’langan  turli tashkiliy shakllari  tizimiga kiritish  yo’li  bilan  amalga oshiriladi.
    Ertalabki gigiеnik   badan tarbiya mashqlari.  Har kuni  uy  sharoitlarida,   yotoqxonada (yaxshi shamollatilgan xonada)  yoki ochiq  havoda  o'tkaziladi va  umumrivojlanish va kasb — hunar – amaliy haraktеrga  ega  jismoniy  mashqlar komplеksidan  iborat.  Mashqlarning  davomliligi – 20-30 daqiqa, bundan kasbiy  amaliy jismoniy tarbiyaga  5 – 7 daqiqa  ajratiladi. Jismoniy  mashqlar   komplеkslari har bir kasbning  o’ziga xos tomonlarini  hisobga olgan  holda  kollеjning  jismoniy  tayyorgarlik bo'yicha rahbarlari  tomonidan  ishlab  chiqishi  kеrak. Noqulay ishlab chiqarish  faktorlari  mavjud  bo’lganda (shovqin,  tеbranish, changlanish,  havoda kimyoviy  va zaharli  moddalarning  mavjudligi, noqulay  mikroiqlimlar  jismoniy  tarbiya  pauzalari  ishlab   chiqarish  xonasidan  tashqarida, ya'ni  o'quvchilarning  dam olishi uchun  ajratilgan  maxsus joylarda  o’tkazilishi zarur.

Sog’lom farzand - oila va jamiyat tayanchi (NavDPI)

OTM
    Farzand ota-onaning baxti, saodati, butun jamiyat va mamlakatning betimsol boyligidir. Shu bois mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha ezgu ishlar negizida sog’lom avlodni voyaga yetkazish masalasi o’z ifodasini topgan. Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan bu borada amalga oshirilayotgan izchil islohotlar o’zining yuksak samarasini beryapti.
    Davlatimiz rahbarining shu yil o’n uchinchi aprelda qabul qilingan so’g’lom avlodni shakllantirish, onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlarga oid qarori bu yo’nalishdagi ishlarni yanada yuqori bosqichga olib chiqishda muhim ahamiyatga ega.Bog’liq muammolarning oldini olishga,aholining tibbiy madaniyatini muntazam ravishda oshirishga alohida e’tibor qaratilyapti.

O’sib kelayotgan avlod uchun bolalar sportini rivojlantirishning ahamioyati va salomatlikni ta’minlashda jismoniy tarbiyaning vazifalari (NavDPI)

OTM
    Erkak va ayollar organizmining jismoniy imkoniyatlari bir xil emas. Erkaklar kuchli jismoniy zo’riqishlarni yengil bajaradilar, ular katta kuchga harakatlar aplitudasiga ega. Ayollar chidamli bo’lib, uzoq muddatli monotonli ishlarni yaxshi bajaradilar. Shuning uchun o’g’il bola bilan qiz bolalarni jismoniy tarbiyalash usullari birmuncha farq qiladi. Chidamlilikni, tezlikni rivojlantirish mashqlari, harakatlar aniqligi, o’quvchilarning har ikkala jinsi uchun bir xil foydali, lekin o’g’il bolalarga kuchli rivojlantirish uchun, qiz bolalarga esa elastiklikni rivojlantirish uchun qo’shimcha mashqlar zarur. Ko’pchilik o’smir qizlar va voyaga yetgan qizlar jismoniy mashqlarning qadriga yetmaydilar. Ular jismoniy jihatdan yetarli aktiv emas, 10-12 yoshdagi qizlarning jismoniy imkoniyatlari 16-17yoshdagi qizlarga qaraganda goho yuqori bo’lishi bejiz emas, bu ayollar organizmining shakllanishiga salbiy ta’sir etadi.

“Hayratul-abror” komil inson tarbiyasida (НавДПИ)

OTM
“Agar bu zotni avliyo desak, u – avliyolarning avliyosi, mutafakkir desak, mutafakkirlarning mutafakkiri, shoir desak, shoirlarning sultonidir”
                                                                                      I.A.Karimov
    Buyuk mutafakkir bobomiz Alisher Navoiyning ijodi va qoldirgan ulkan merosi bugungi yoshlarning ma’naviy dunyosini yuksaltirishda o’ziga xos maktab sanaladi. Shoir ijodi, uning ta’lim-tarbiya, odob-axloq va umuman insoniy fazilatlarni qadrlab, ularni avj pardalarga kuylagan asarlari bilan tanish bo’lmagan ziyoli topilmasa kerak. Navoiy o’z ijodida so’zni qadrladi va buyuk asarlar yaratdi. Bu asarlar uni asrlar silsilasidan olib chiqdi, har bir zamonaning ulug’ ustoziga aylantirdi.

Соғлом онадан соғлом фарзанд туғилади (ЖизДПИ)

OTM
    Аёл – дунё мўъжизаларидан биридир, у насл насабимиз, авлодларимиз келажагини давомчисидир. Оилада қиз фарзанд дунёга келса унга алоҳида меҳр кўзи билан қаралади, уларни нозик гулни парвариш қилгандай тарбиялашга ҳаракат килишади. Оталар ўз қизларини она қизим деб эркалашади, шугина бир сўз тубида  катта маъно бор. Албатта бизнинг гулданда нозик, фариштадай пок қизларимиз, соғлом ва баркамол фарзандларни дунёга келтириб наслимизни давом эттирадилар.
    Ҳозирги пайтда нуқсонли болалар туғилишида бир қанча касалликлар сабаб қилиб кўрсатиляпти. Тиббиёт соҳасида бу борада изланишлар олиб борилиб, катта ютуқлар қўлга киритилган. Ҳаммага таниш бўлган нутқ бузилишлари ҳақида қисқача мушоҳада юритадиган бўлсак, нутқ бузилишларининг асосий сабаблари қуйидагилар:

Таълим тизимида баркамол авлод тарбияси (ЖизДПИ)

OTM
    Ўзбекистон Республикасининг моддий ва маънавий юксалишида халқимизнинг бой маънавий ва интеллектуал салоҳиятини ифодоловчи «Миллий модели»ни халқаро миқиёсда энг обрўли мутахассислар тан олинмоқдалар. Шу сабабли ҳам умуминсоний қадриятларга ва замонавий маданият, иқтисодиёт, илм-фан, техника-технологияларнинг самарали ютуқларига асосланган узлуксиз таълим тизимида баркамол авлод тарбияси шубҳасиз, бугуннинг долзарб муаммосидир.
    Баркамол шахс – бу адолатли, виждонли, иймон-эътиқодли, меҳр-мурувватли, иродали, ор-номусли, матонатли ва чидамли, эркин фикрловчи, ўз халқининг даҳолари учун курашувчи, ҳур фикрли ва истиқлол ғоялари билан суғорилган, ўз Ватанига фидойилик билан хизмат қилувчи, тадбиркор ва ташаббускор озод шахсдир. (Педагогика фанидан изохли луғатга қаранг)

Талаба-ёшларда атроф-муҳитга бўлган онгли муносабатни шакллантириш (ЖДПИ)

OTM
   Жамиятимизнинг турли соҳаларида ислоҳатларнинг содир бўлиши келажак авлод тарбияси олдига муҳим вазифалар қўймоқда. Ёш авлод ҳозирги давр ривожланиши даражасига жавоб бера оладиган, билимли, дунёқараши кенг бўлиши талаб этилади. Зеро, мамлакатимиз келажаги ана шу ёш авлод тарбиясига кўп жиҳатдан боғлиқ.
    Ёш авлодни ҳар томонлама етук қилиб тарбиялаш бугунги куннинг долзарб вазифаси бўлиб қолмоқда. Таълим-тарбия жараёнини тўғри йўлга қўйиш ўқитувчи ва тарбиячиларга каттагина масъулият юклайди. Шу ўринда президентимиз И.А.Каримовнинг «Бизга битирувчилар эмас, мактаб таълим ва тарбиясини кўрган билимли кадрлар керак» деган фикрни алоҳида таъкидлаб ўтиш жоиз. Президентимиз ҳам олий ўқув юртлари битирувчилари сифатига қатъий талаблар қўймоқда. Чунки бугунги кун талабалари эртанги кун ўқитувчиларидир. Биз ёш авлодни тарбиялаш учун етук кадр тайёрлашимиз лозим.

Бола ривожланишида меҳнатнинг роли (ЖизДПИ)

OTM
    Истиқлолнинг илк кунларидан бошлаб халқимиз ўзининг келажак йўлини аниқ белгилаб олди. Биринчи галда ёш авлод таълим-тарбияси, маънавий ва жисмоний баркамол бўлиб вояга етишига асосий эътибор қаратилди.
    Мустақилликдан кейинги ҳар бир йилга назар ташлар эканмиз, таълим соҳасида оламшумул ишлар амалга оширилганлигига гувоҳ бўламиз. Бугун замон талаблари даражасидаги шарт-шароитларга эга бўлган мактаб, лицей ва коллежлар ёшлар ихтиёрида. Шу билан бирга жисмоний нуқсони бор, алоҳида ёрдамга муҳтож болаларнинг ҳам замонавий мактаб-интернатларда ўқиб, таҳсил олишлари учун барча имкониятлар мавжуд. Албатта, бундай хайрли ишлар замирида ногирон бола ҳам имкониятларидан самарали фойдаланишдек улуғвор мақсад ётади.
Кейинги йилларда махсус ихтисослаштирилган таълим муассасалари, хусусан, эшитишида нуқсони бор болалар махсус мактаб-интернатларида таълим-тарбия жараёни тубдан ўзгариб, янгиланиб бормоқда. Ўқувчиларнинг қизиқиш ва интилишларига қараб, уларни бирор бир касб-ҳунарга тўғри йўналтиришга алоҳида аҳамият қаратилган.

2013 yil 22-23 yanvar kunlari Toshkent shahrida “O‘zbekiston Respublikasida yoshlar siyosatini amalga oshirishning dolzarb masalalari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumani o‘tkaziladi.

Блог им. kingofnet
    2013 yil 22-23 yanvar kunlari Toshkent shahrida “O‘zbekiston Respublikasida yoshlar siyosatini amalga oshirishning dolzarb masalalari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumani o‘tkaziladi.
Anjumanning maqsadi: O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan yoshlarga oid siyosatning huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy va tashkiliy asoslarini yanada takomillashtirish, chuqur bilimli, jismonan sog‘lom, ma‘nan yetuk – barkamol avlodni voyaga yetkazish yo‘lida olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirish, yoshlarning demokratik huquqiy davlat hamda fuqarolik jamiyati shakllanishi jarayonlarida keng ishtirokini ta‘minlash va ijtimoiy faolligini oshirishning dolzarb masalalarini muhokama qilish.
    Anjumanda qo‘yidagi shu‘balar bo‘yicha ish olib boriladi:
1-shu‘ba: “O‘zbekistonda yoshlar siyosati: bugungi holati va istiqbollari”.
2-shu‘ba: “Iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ijodiy va intellektual salohiyatini ruyobga chiqarish”.
3-shu‘ba: “Mamlakatni demokratik yangilash jarayonida yoshlarning huquqiy madaniyatini shakllantirish va ijtimoiy faolligini oshirish”.
4-shu‘ba: “Mustaqil fikrlaydigan, o‘z hayotiy pozitsiyasi va mustahkam e‘tiqodga ega bo‘lgan yosh avlodni tarbiyalashning ma‘naviy-ma‘rifiy asoslari”.
5-shu‘ba: “Yoshlarda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va yoshlar sportini rivojlantirish masalalari”.
6-shu‘ba: “Barkamol avlodni tarbiyalashda ommaviy axborot vositalarining roli”.
    Anjumanda ishtirok etish uchun talabnoma va anjuman materiallari to‘plamiga ilmiy maqola taqdim etish zarur.

Инсон манфаати, ҳуқуқ ва эркинликларини таъминлаш, ҳаётимизнинг янада эркин ва обод бўлишига эришиш – бизнинг бош мақсадимиздир

ОЎМТВ ҳузуридаги "Маънавият ва маърифат" маркази
Илм-фан
   2012 йилнинг 22 декабрь куни Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги ҳузуридаги “Маънавият ва маърифат” маркази мажлислар залида Ўзбекистон Либерал демократик партияси ҳамкорлигида Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2012 йил 7 декабрдаги Ўзбекистон Республикаси Конституциясининг 20 йиллигига бағишланган тантанали маросимдаги “Инсон манфаати, ҳуқуқ ва эркинликларини таъминлаш, ҳаётимизнинг янада эркин ва обод бўлишига эришиш – бизнинг бош мақсадимиздир” номли маърузасининг мазмун-моҳиятини  талаба-ёшларга етказиш мақсадида давра суҳбати ташкил этилди.
   Давра суҳбатида ЎзЛиДеП вакиллари ва Тошкент давлат техника университети талаба-ёшлари иштирок этишди. Тадбирда Президентимиз маърузасининг мазмун-моҳиятини талаба-ёшларга етазиш, халқимиз учун мустақил тараққиёт йўлини белгилаб, миллий давлатчилик янги сиёсий-ижтимоий тизим барпо этиш, демократик давлат ва фуқаролик жамиятини шакллантиришнинг ҳуқуқий пойдеворини яратиб беришда Конституциянинг аҳамиятини тушунтириш, 2013 йил — “Обод турмуш йили” режалари ҳақида фикр алмашилди.